169

Yoshlar va bugungi zamon

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

Bugun tez sur’atlar bilan o‘zgarib borayotgan shiddatli va murakkab bir davrimizni olim va ziyolilar texnologiyalar zamoni, tafakkur va axboratlashuv davri deya turli ta’rif berishmoqda.

Haqiqatan, biz yashayotgan davr, fitna, turli nizolar, hasad, ziddiyatlar to‘qnashgan, aniqroq aytganda, globallashuv davridir. Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo‘lgani kabi globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Hozirda uning o‘tkir va keng qamrovli ta’sirini deyarli barcha sohalarda ko‘rish mumkin.

Ayni davr yoshlarimiz ongiga ma’naviy tahdid qilmoqda. Yoshlarni turli qabohatlardan ogohlantirib, ma’naviy tahdidlarga qarshi bilim va ko‘nikma, malaka hosil qilishlariga targ‘ib qilish davrimiz va dinimiz talabi ekanini anglab yetishimiz lozim.

Gʻoyaviy tahdidlarga qarshi turish uchun har bir insondan o‘z mustaqil fikri, sog‘lom dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo‘lish talab qilinadi. Buning uchun yoshlar har qaysi sohada kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lib chiqishi, jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘shishga harkat qilishi lozim.

Voyaga yetayotgan har bir yoshning ma’naviy barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun, kuchli mafkuraviy immunitetga ega shaxs sifatida tarbiyalash ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishning asosiy shartlaridan biri bo‘lib qolaveradi.

Ulug‘ ajdodlarimiz or-nomus, uyat, andisha, sharm-u hayo, ibo, iffat kabi yuksak axloqiy tuyg‘ularni doimo birinchi o‘ringa qo‘yib kelgan. Shu bois, biz yoshlar o‘tmishga nazar solib, ibratli o‘gitlardan xulosalar chiqarishimiz, ilm-ma’rifatimizni oshirishimiz lozim.

Barno AZIMOVA,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kadrlar bo‘limi mutaxassisi

Manba: muslim.uz

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
03
Jaholatga qarshi marifat
Fatvo haqida
19:43
Apr
01
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:26
Jan
05
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:25

Izoh qoldirish