194

Fitna ulkan gunohdir

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

Dinimizda odamlar orasini isloh qilish eng katta savob amallardan ekani va aksincha, kishilar orasini buzish, bir-biriga gij-gijlash esa ulkan gunohligi ta’kidlangan.

Kishilar orasini buzish fitna hisoblanadi. Fitna ma’naviy jinoyatdir. U tufayli oila, mahalla-ko‘y, hattoki butun boshli jamiyat parokanda bo‘lib ketishi mumkin.

Kimlargadir yaqin bo‘lish va ba’zi maqsadlarga yetishishdek g‘arazni ko‘zlab bir mo‘min birodari (do‘sti, hamkasbi, qarindoshi...) ga tuhmat etish, gap tashish, chaqimchilik qilish qabr azobiga sabab bo‘ladi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Chaqimchi jannatga kirmaydi!” deganlar ( Imom Muslim).

Kishi fitna qilib o‘zi ta’lim olayotgan maskan, rizqlanib turgan ish joyining ma’naviy hayotini bulg‘ashi, u yerda o‘qiyotgan, mehnat qilayotganlarning bir-biriga ishonchi yo‘qolishiga sabab bo‘luvchi nosog‘lom muhitni yuzaga keltirishi nonko‘rlik hamdir.

Har qanday gunoh ishga qo‘limiz, tilimiz, hech qursa, dilimiz bilan qarshi turishga buyurilganmiz. Bir-birimizni yaxshilikka chaqirib, yomonlikdan qaytarish har birimizning mo‘minlik burchimizdir. Shunday ekan, fitna qo‘zg‘algani hamono, yoyilishiga to‘siq bo‘lib, fitna qo‘zg‘ayotganlarni insofga chaqirishimiz kerak.

Fitna qilish kabi qabih ishlarning javobi og‘ir, azobi qattiqdir. Arzimas va o‘tkinchi dunyo matohini ko‘zlab, qabih ishlar bilan shug‘ullanib yurganlar nainki abadiy oxirat saodatini boy berayotgani, balki shu dunyodayoq xor-u zor bo‘lishlarini esdan chiqarmasinlar. Zero, Parvardigorning adolat tarozisi bor: “Bas, kimki (dunyoda) zarra miqdorida yaxshilik qilgan bo‘lsa,(qiyomat kuni) uni ko‘rar. Kimki zarra miqdorida yomonlik qilgan bo‘lsa, uni ham ko‘rar” ( Zalzala, 7-8).

Ibrohim QOSIMXO‘JAYEV,

Namangan shahar “Gʻoyibberdi maxdum” jome masjidi imom xatibi

Manba: muslim.uz

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
03
Jaholatga qarshi marifat
Fatvo haqida
19:43
Apr
01
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:26
Jan
05
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:25

Izoh qoldirish