Millat ayolining timsoli
Xalqimizning suyukli shoirasi Zulfiyaxonim ijodi, ibratli fazilatlari, hayotiy qarashlari bilan hali-hamon ko‘pchilik qizlar uchun namuna olishga arzirli ijodkor sifatida yodga olinadi. Har yili mamlakatimizda bahorning ilk kuni O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim tavalludi bilan uyg‘un nishonlanadi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham betakror shoira tavallud ayyomi munosabati bilan “Millat ayolining timsoli” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov, kafedra mudiri Farhod Karimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Zulfiyaxonimning shogirdi Muhtarama Ulug‘ova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Sayyora To‘ychiyeva, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuvda ma’ruzachilar talabalarga Zulfiyaxonim hayoti va ijodi, ibratli voqealar to‘g‘risida gapirib berdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Zulfiyaxonimning adabiyotimizga qo‘shgan hissasi, boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan ibratli umri haqida so‘z yuritdi.
So‘zga chiqqanlar bahorning ilk nafasi, kuni ardoqli shoiramizdan boshlanishini, shoira mehr-sadoqat timsoli ekanini ta’kidlashdi. O‘tgan asrning 30 yillarida o‘zbek adabiyotiga kirib kelgan shoira otashin she’rlari bilan millionlab adabiyot ixlosmandlarining yuragidan joy olgani, Nodirabegim, Uvaysiy kabi mumtoz shoiralarimizning munosib davomchisi deya e’tirof etilishini qayd etishdi.
Darhaqiqat, shoiraning “Dalada bir kun”, “Tong qo‘shig‘i” nomli she’rlar turkumi, “Men tongni kuylayman”, “Yuragimga yaqin kishilar”, “Kuylarim sizga” to‘plamlarida Vatan madhi, mehnat jarayonida fidokorlik ko‘rsatayotgan kishilar hayoti jo‘shib kuylanadi. Shoira “So‘roqlaydi shoirni she’rim”, “Oydin” , “Quyoshli qalam” kabi ocherk va dostonlari, “Semurg‘”, “Zaynab va Omon” dostonlari asosida pyesa va opera librettosini ham yaratgan. Uning she’rlari rus, ingliz, nemis, hind, bolgar, xitoy, arab, fors va boshqa tillarga tarjima qilingan.
Samimiy ruhda o‘tgan davra suhbati yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish