288

Ma’rifat o‘rnini jaholat aslo egallay olmaydi

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

Soʻnggi yillarda yurtimizda xayrli bir anʼana shakllandi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev har yili Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga murojaat qilib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar va ularning natijalari, yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yoʻllari va choralari haqida kuyinib gapirmoqdalar.

Shu bilan birga, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar haqida ham toʻxtalib, har bir ishni puxta bajarish zarurligini qayd etdi.

Davlatimiz rahbari Murojaatnomasida bunday dedilar: “Butun dunyoda kuchayib borayotgan radikalizm, ekstremizm, terrorizm, odam savdosi, giyohvandlik kabi xatarlar, afsuski, bizni ham chetlab oʻtmayapti.

Lekin, takror aytaman, musulmon ummatiga saboq bergan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi buyuk ulamolar yetishib chiqqan bizning diyorimizda bu borada adashganlar, radikalizm va ekstremizm gʻoyalariga berilganlar boʻlishi mumkinmi? 

Biz jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, yoshlarimiz ongini buzgʻunchi yot gʻoyalar bilan zaharlashga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, maʼrifat oʻrnini jaholat egallashiga yoʻl qoʻymaymiz”.

Darhaqiqat, bugun Oʻzbekistonning har bir fuqarosi, kim oʻlishidan qatʼi nazar, yanada hushyorroq va sergakroq boʻlishi shart. Chunonchi, hozirgi vaqtda dunyoning bir chekkasida sodir boʻlayotgan voqea-hodisalarning ijobiy natijalari yoki salbiy oqibatlari zum oʻtmay yurtimizda ham boʻy koʻrsatmoqda.

Bunday holat kishiga Rasuli akram sollallohu alayhi va sallamning quyidagi muborak hadislariga qatʼiy rioya etishni eslatadi: “Har biringiz mutasaddisiz, har biringiz qoʻl ostingizdagilar uchun masʼulsiz. Har bir rahbar insonlar ustidan mutasaddidir va ular uchun masʼuldir. Er oʻz ahli ayoli va qoʻl ostidagilar ustidan mutasaddidir va ular uchun masʼuldir. Xotin erining uyida mutasaddidir va qoʻl ostidagilar uchun masʼuldir” (Imom Buxoriy rivoyati).

Bugun Oʻzbekiston har bir fuqarosining nigohi oynayi jahonga qadaldi. Davlatimiz Rahbarining Murojaatnomasini barchamiz jon qulogʻimiz bilan eshitdik. Bu Murojaatnoma yurtimizning keyingi yillardagi taraqqiyot strategiyasini belgilab beruvchi muhim konseptual asos boʻladi.

Darvoqe, biz tarixdan saboq chiqarib yashashga odatlangan xalqmiz. Shunday ekan, Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, biz jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, yoshlarimiz ongini buzgʻunchi yot gʻoyalar bilan zaharlashga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, maʼrifat oʻrnini jaholat egallashiga yoʻl qoʻymasligimiz shart.

Jasurbek domla RAUPOV,

Toshkent viloyati bosh imom-xatibi

Manba: muslim.uz

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Nov
04
Jaholatga qarshi marifat
Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashaylik.
04:43
Apr
01
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:26
Jan
05
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:25

Izoh qoldirish