271

Talabalar uchun mazmunli uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yoshlarni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda xalq osoyishtaligi va farovonligi yoʻlida masʼuliyatli vazifalarni sharaf bilan bajarish koʻnikmalarini singdirish maqsadida “Soʻnggi va birinchi subhidam” romanining muallifi Viktor Sumin bilan uchrashuv tashkil etildi.

“Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

Viktor Sumin 1953-yil 17-iyulda tugʻilgan. Toshkent davlat univesitetining jurnalistika va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro iqtisodiy aloqalar fakultetlarini tugatgan. Turli davriy matbuot nashrlarida, davlat muassasalarida, xorijiy kompaniyalarida ishlab, ilmiy faoliyat bilan shugʻullangan. U Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlarda eʼlon qilingan koʻplab maqolalar, hujjatli va badiiy filmlarning muallifi hisoblanadi. 

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va Xalqaro Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Nabokov xalqaro adabiy mukofoti, London adabiy mukofoti, Tinchlik adabiy mukofoti sovrindori. “Yilning eng yaxshi yozuvchisi” unvoni bilan taqdirlangan. Xalqaro fan va sanʼat akademiyasi muxbir-aʼzosi etib saylangan.

“Soʻnggi va birinchi subhidam” Viktor Suminning birinchi yirik asari boʻlib, romanga afsonaviy oʻzbek razvedkachisi Bahrom Ibrohimovning tarjimai holi asos qilib olingan. Asar yozish jarayonida muallif Oʻzbekiston davlat xavfsizlik xizmati arxivi va boshqa davlat tashkilotlaridan olingan maʼlumotlar hamda respublika davlat xavfsizlik xizmati faxriylarining xotiralariga tayanib, voqealarni hayot haqiqatiga bogʻliq holda yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlagan.

Uchrashuv davomida Viktor Sumin mazkur asarning yozilish jarayonlari, qiziqarli voqealar, Bahrom Ibrohimov shaxsiga oid maʼlumotlarni gapirib berdi. Oʻz oʻrnida talabalar ham faol savol-javoblarda ishtirok etishdi. 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish