360

Yoshlarni radikal g‘oyalardan asrash – barqarorlik omili

Bugun tobora globallashayotgan zamonda jamiyatning kelajagi bo‘lgan yoshlarning turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishi juda oson. Ommaviy axborot vositalarining barcha turlari orqali, xususan, internet tarmoqlari yordamida istalgan ma’lumotni dunyoning istalgan burchagiga yetkazish imkoniyati mavjud. Shu bois, davrimiz yoshlari nafaqat tan sihatligi, balki ularning ruhan sog‘lom, keng dunyoqarash, turli yot g‘oyalarga qarshi tura oladigan tafakkur qobiliyati kabi xislatlarga ega bo‘lishi ham ustuvor masalaga aylandi.

Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yoshlarni radikal g‘oyalardan asrash, ekstremistik g‘oyalarga aldanib qolmasligining oldini olish maqsadida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Akdemiya rektori maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Masofaviy va Sirtqi ta’lim bo‘limi dekani Suhrob Xidirov hamda 1-bosqich masofaviy ta’lim shaklida ta’lim olayotgan talabalar ishtirok etdi.

Dolzarb mavzuga bag‘ishlangan muloqotni O‘tkir Hasanboyev ochib berarkan, O‘zbekiston azaldan turli millatga mansub, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi xalqlar tinch-totuv yashagan o‘lka bo‘lib kelganini ta’kidladi. Ajdodlarimiz turli millat va din vakillariga doimo hurmat bilan munosabatda bo‘lgani, Vatan taraqqiyoti yo‘lida yelkadosh bo‘lib mehnat qilgani tarixiy manbalarda qayd etilgani haqida so‘z yuritdi.

Bu borada Prezidentimiz tashabbusi bilan 2018-yilda BMT Bosh Assambleyasining yalpi majlisida “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash boʻyicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” hamda BMT Bosh Assambleyasining yalpi sessiyasida “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyalari qabul qilindi. 

So‘zga chiqqanlar bugungi kunda yurtimizda diniy bag‘rikenglik borasida olib borilayotgan ishlar, sohaning huquqiy asoslari haqida ma’lumot berishdi. Shuningdek, talabalarga nafaqat turli yot g‘oyalarga aldanib qolmaslik, balki boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerak ekani bot-bot takidlandi. 

Davra suhbati qizg‘in savol-javoblar bilan yakunlandi.

 

 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Nov
04
Jaholatga qarshi marifat
Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashaylik.
04:43
Apr
01
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:26
Jan
05
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:25

Izoh qoldirish