153

Talabalar uchun ingliz tili fanidan musobaqa tashkil etildi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda chet tillari, xususan, ingliz tilini o‘qitishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarning samarali qo‘llanilishi esa talabalar uchun bir necha xorijiy tillarni oson va puxta o‘zlashtirish imkonini bermoqda. Bu borada interaktiv musobaqalarning muntazam o‘tkazilib turilishi ham o‘ziga xos ahamiyatga ega.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Chet tillari” kafedrasi tashabbusi bilan talaba-yoshlar o‘rtasida ingliz tili fanidan “Intellektual ring-2023” musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Hal qiluvchi bahsda jamoalar musobaqa shartlari asosida bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Yakunda “Tanishtiruv” hamda “Bilimlar bellashuvi” shartlaridan yuqori ko‘rsatkichlarni egallagan jamoalar aniqlanib, g‘olib va sovrindorlarga pul hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish