Akademiyada “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash profilaktikasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
So‘nggi yillarda yurtimizda gender tenglikni ta’minlash sohasida izchil va samarali sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini ta’minlashning qonunchilik mezonlari ham zamon talablariga mos holda takomillashtirilmoqda. Bunda ayollarga nisbatan kuch ishlatish, ayniqsa, oiladagi zo‘ravonlikni bartaraf etishga jiddiy ahamiyat qaratilyapti.
Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash profilaktikasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Shayxontohur tumani Ichki ishlar organi kata inspektori Gulnora Ishonxonova, Terrorizm bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik F.Mansurova, kapitan N.Po‘latova, leytenant N.Burxonova, Mumtoz sharq filologiya fakulteti decani Sayyora Chiniyeva, Akademiya psixologi Gulrux G‘aniyeva, Akademiya xodimlari, tyutorlar hamda talaba-qizlar ishtirok etdi.
Ishtirokchilar davra suhbati davomida xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi qabul qilingan xalqaro konvensiyalar va milliy qonunchilik, tazyiq va zo‘ravonlik turlari, ularni bartaraf etish va ularga qarshi kurashish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribalar bilan tanishishdi.
Yakunda qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish