Akademiya professorining maqolasi xorijning nufuzli jurnalida chop etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi professori Ahmad Musoning “Padarkush” – otasining qotili va o‘zbek teatrining kashshofi” nomli maqolasi Misrdagi nufuzli jurnalda chop etildi.
Mazkur maqola Turkiston jadidchilik harakatining yetakchisi, jamoat arbobi, buyuk alloma, yozuvchi va oʻzbek dramaturgiyasi asoschisi Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” dramasi haqida bo‘lib, unda muallif asarning mazmun-mohiyati, ma’no ko‘lami, fojianing bosh sabablarini batafsil tahlil qiladi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” dramasi 1911-yilda yozilgan bo‘lib, o‘zbek adabiyoti tarixida birinchi dramatik asarlardan biri sanaladi. Ushbu asar asosida sahnalashtirilgan spektakl Turkistonning barcha shaharlarida namoyish etilgan. Bu jihatdan Behbudiy o‘zbek teatrining tamal toshini qo‘ygan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Dramada jaholat, ilmsizlik, tarbiyasizlikka qarshi ma’rifat ulug‘lanadi. Spektaklda bilimsizlikning ayanchli oqibatlari bayon etiladi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish