320

Akademiya magistrlari xalqaro loyihada g‘olib bo‘ldi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasining magistratura bosqichi talabalari Yevroosiyo yoshlarning “Jahon iqtisodiyotining makoni: gʻoyalar, strategiyalar, hamkorlik” nomidagi loyiha maktabida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Mazkur III Yevroosiyo yoshlarining loyiha maktabida Rossiya xalqlar doʻstligi universiteti, Moskva davlat xalqaro munosabatlar universiteti, Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti, Al Farobiy nomidagi Qozogʻiston universiteti, Belorussiya davlat universiteti, Armaniston milliy politexnika universiteti, Tojikiston davlat universiteti va boshqa universitetlarning 150 dan ortiq iqtidorli talabalari qatorida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari ham faol qatnashdi.

Loyida doirasida talabalar Rossiya va xorijiy kompaniyalar yetakchi ekspertlari, davlat organlari vakillari, xalqaro tashkilotlar mutaxassislarining mahorat darslarini tinglab, tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va olib borish boʻyicha amaliy bilim va koʻnikmalarga ega boʻldi.

Turli universitetlar talabalari ijodiy guruhlarga taqsimlanib, mahsulot, xizmat yoki texnologiyalarni xorijiy mamlakatlarining bozorlariga olib chiqish loyihasini ishlab chiqishdi.

Yakunda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining magistratura bosqichi bir guruh talabalari – Nazokat Kurbanaliyeva, Roza Xudaybergenova, Asqarxon Samaroxonov, Eʼzoza Usmonova, Sadoqat Begali va Zulfiza Axmadaliyeva gʻolib deb topildi.

Loyiha maktabi doirasida talabalar yetakchi ekspertlar, xorijiy kompaniyalar, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar vakillaridan tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish boʻyicha amaliy bilim va koʻnikmalarga ega boʻldi. 

Izoh qoldirish