332

Yaponiyaning Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi tomonidan tanlov e’lon qilindi

Yaponiyaning Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi tomonidan 2023-yilda quyidagi o‘quv dasturlarida tahsil olish va malaka oshirish uchun stipendiya tanlovi e’lon qilindi. 

– “Yapon tili va madaniyati” – oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun;

– “Boshlang‘ich, o‘rta maktab, litsey yoki kollej o‘qituvchilari uchun amaliyot dasturi”.

Mazkur dasturlar doirasida xalqaro aviachipta (borish va kelish), yashash hamda ta’lim olish xarajatlari Yaponiya hukumati tomonidan qoplanishi ko‘zda tutilgan.

Hujjat topshirishning oxirgi muddati – 2023-yil 31-yanvar.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan nomzodlar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raladi.

 

 

Izoh qoldirish