303

Akademiya o‘qituvchisi xalqaro forumda ma’ruza qildi

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida “Gender aspektlarni integratsiyalash hamda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash jarayonida inklyuziv muhitni yaratishda Oʻzbekistondagi Fuqarolik jamiyati tashkilotlarining oʻrni” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda.

Markaziy Osiyoda Yevroosiyo Fondi tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO” kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori Nigora Yusupova ekspert sifatida ishtirok etmoqda. 

Mazkur forum tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash jarayonida ayollarga nisbatan zoʻravonlik, odam savdosi, ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha Fuqarolik jamiyati tashkilotlari salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan. 

Anjumanda Nigora Yusupova “Xotin-qizlar orasida yot gʻoyalarga qarshi kurashning dolzarb masalalari. Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashamiz!” mavzusida maʼruza qildi. Akademiya o‘qituvchisi o‘z ma’ruzasida yurtimizda xotin-qizlarga yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi. Yot g‘oyalarga qarshi kurashda “Jaholatga qarshi ma’rifat” birlamchi vositaligi, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash har bir mamlakatning ustuvor maqsadi ekanini ta’kidladi. Akademiya vakilining ma’ruzasi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish