238

Hamkorlikdagi mahorat darsi samarali o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Onlayn darslarni samarali tashkil etish yo‘llari” mavzusida onlayn mahorat darsi o‘tkazildi.

 “Chet tillari” kafedrasi tomonidan ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari, magistrantlar ham talabalar ishtirok etdi. Onlayn seminarda AQShning Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti doktoranti Shuhrat Tagayev ma’ruza qildi.

Shuhrat Tagayev 1982-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2005-yilda Samarqand davlat chet tillari universiteti, 2011-yilda esa Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti magistraturasini tamomlagan. Lingvistika (ingliz tili), ta’lim menejmenti mutaxassisi. 2022-yilda Kolumbiya universiteti doktoranturasida tahsil olmoqda.

Seminarni “Chet tillari” kafedrasi mudiri Barno Shamsematova ochib berdi. Shundan so‘ng Shuhrat Tagayev yurtimiz va xorijda tadqiqot olib borishning o‘ziga xos afzalliklari, farqlari haqida ma’lumot berdi.

Jumladan, yurtimizdagi ta’lim dasturlari, talaba va tadqiqotchilarga ilmiy faoliyatning dastlabki bosqichida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar borasida tushunchalar berildi. Seminar mashg‘ulotlari doirasida asosan ilmiy tadqiqotchilik faoliyatini boshlash va muvaffaqiyatga erishish, sohadagi mavjud qiyinchiliklarni qanday yengib o‘tish va boshqa shu kabi masalalar muhokama qilindi.

Muloqot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish