Oʻzbekiston delegatsiyasi xalqaro tadbirda ishtirok etdi
Islom olami taʼlim, fan va madaniyat masalalari tashkiloti (ICESCO) tomonidan musulmon mamlakatlari shaharlariga “Islom madaniyati poytaxti” maqomining berilishi oʻsha mamlakatda islom sivilizatsiyasi va qadriyatlarini oʻrganish hamda keng targʻib qilish yoʻlida amalga oshirilgan ishlarning xalqaro koʻlamdagi eʼtirofi hisoblanadi. Oʻz vaqtida Oʻzbekistonning Toshkent va Buxoro shaharlari ushbu nufuzli maqomga munosib deb topilgan.
2023-yilda esa bunday maqomga Mavritaniya Islom Respublikasi poytaxti Nuakshot shahri sazovor boʻldi. Shu munosabat bilan Mavritaniyada mamlakat Prezidenti Muhammad Valad Shayx al-Gʻaznavi tashabbusi bilan xalqaro darajadagi tadbir tashkil qilindi.
Unda Mavritaniya hukumatining taklifi asosida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Dilshodxon Bobojonov hamda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimovdan iborat yurtimiz delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
Tadbirda Mavritaniya Prezidenti Muhammad Valad Shayx al-Gʻaznavi, ICESCO Bosh kotibi Salim al-Malik, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, ulamolar qatnashishdi.
Anjuman doirasida turli madaniy dasturlar, jumladan, qoʻlyozmalar koʻrgazmasi, kitoblar taqdimoti, ilmiy seminarlar ham tashkil qilindi.
Taʼkidlash lozimki, mazkur tadbir madaniy tushunchalarni birlashtirish, islom madaniyatini xalqaro koʻlamda keng targʻib qilishga xizmat qiladi.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish