Akademiya rektori ICESCO Bosh direktori bilan muzokara o‘tkazdi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov Marokash Qirolligining Rabot shahrida Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (ICESCO) Ijroiya Kengashining 43-sessiyasida ishtirok etdi.
Tadbirlar davomida Akademiya rektori ICESCO Bosh direktori, doktor Salim al-Malik bilan muzokara o‘tkazdi. Unda ikki tomon uchun muhim bo‘lgan qator masalalar muhokama etildi. Xususan, Akademiya tomonidan 2023-yilda O‘zbekistonda “Islom va hozirgi zamon” va “Dinlararo muloqot” mavzularida xalqaro anjumanini tashkilot bilan hamkorlikda o‘tkazish haqida so‘z yuritildi. Shu bilan birga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining arab tili o‘qituvchilari va qo‘lyozmalar bilan ishlovchi mutaxassislarini malakasini oshirish hamda 2023-yilda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining iqtidorli talabalariga ICESCO maxsus stipendiyalarini ajratish muhokama etildi.
O‘z navbatida Salim al-Malik yuqoridagi takliflarni yuqori baholab, bugun O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida ilm-fanni rivojlantirishga katta e’tibor berilayotganini alohida ta’kidladi. Shuningdek, barcha takliflarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish