ICESCO Ijroiya Kengashining 43-sessiyasi o‘z ishini boshladi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov ayni paytda Marokash podshohligining Rabot shahrida Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (ICESCO)ning xalqaro konferensiyasida ishtirok etmoqda.
Tadbirlar davomida ICESCO Ijroiya Kengashining 43-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Unda ICESCO Bosh kotibi, doktor Salim al-Malik, Misr Arab Respublikasi Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vaziri Ayman Ashur qatnashib, ma’ruza qildi.
Shundan so‘ng a’zo davlatlarning 2022-yilda amalga oshirgan loyiha va dasturlarining hisobot taqdimoti o‘tkazildi.
Konferensiyada yosh mutaxassis dasturini amalga oshirish, Ijroiya Kengashining 44-sessiyasi o‘tkaziladiga sana va joyni tanlash haqida so‘z yuritildi. Muhokamalar davomida turli davlat delegatsiyalari tomonidan taʼlim, ilm-fan va texnologiya, madaniyat sohalarini yanada rivojlantirish borasidagi hisobotlar hamda kelgusi reja va takliflar koʻrib chiqildi.
1979-yilda tashkil topgan tashkilot aʼzo davlatlar oʻrtasida taʼlim, fan, madaniyat va kommunikatsiya sohalarida hamkorlikni mustahkamlash, xalqlar hamda dinlar oʻrtasida doʻstona munosabatlarni oʻrnatishga muhim eʼtibor qaratib kelmoqda. Islom olami va dunyo tamadduni rivojida Oʻzbekiston Respublikasining oʻrni beqiyos boʻlgani bois, ICESCO tashkiloti bilan oʻzaro hamkorlik aloqalari rivojlanib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ijroiya kengashi bugun ham o‘z ishini davom ettiradi.
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish