Akademiya o‘qituvchisi xalqaro simpoziumda ma’ruza qildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO” kafedrasi oʻqituvchisi Nigora Xakimova Oksford universitetining Vadam kollejida oʻtkazilgan xalqaro simpoziumda ishtirok etdi.
Dinshunoslik mavzusiga bag‘ishlangan anjumanda Akademiya vakili “Oʻzbekiston tarixida ulamolar tomonidan intellektual plyuralizmning qoʻllanilishi (Qaffol Shoshiyning “Mahosin” asari misolida)” mavzusida ma’ruza qildi.
Simpoziumda ishtirok etgan Hindiston, AQSH, Kanada, Belgiya, Avstriya, Turkiya va Buyuk Britaniya universitetlari tadqiqotchi-olimlari hamda professor-oʻqituvchilari Movarounnahr ulamolari ilmiy merosiga yuqori baho berdi.
Ma’ruzalar davomida dunyo dinlari tarixi, dinshunoslik fanining tadrijiy rivojlanishi, bugungi kundagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish