342

Akademiyada “Raqamli asr avlodlari” intellektual bellashuvi o‘tkazildi

Bugungi kunda raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalari taraqqiyotga erishishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Raqamli texnologiyalar nafaqat davlat va jamiyat boshqaruvini takomillashtiradi, balki ijtimoiy sohada odamlarga katta qulayliklar yaratadi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini samarali amalga oshirish maqsadida mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Yoshlarimizni har tomonlama yetuk komil inson bo‘lib yetishishlari uchun o‘qitishning sifat va samaradorligini oshirish  maqsadida “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi tomonidan turli tadbirlar tashkillashtirilmoqda. 

Jumladan, kafedra tomonidan “Dinshunoslik”, “Xalqaro munosabatlar” yo‘nalishi talabalari o‘rtasida  “Raqamli asr avlodlari” intellektual bellashuvi o‘tkazildi.

Bellashuv davomida talabalar axborot-kommunikatsiya borasidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Yakunda g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi.

Izoh qoldirish