438

Uchrashuv talabalar uchun foydali bo‘ldi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bir guruh talabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida bo‘ldi.

Mazkur uchrashuvda “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Olim Astanakulov va O‘ktam Jiyanov hamrohligida “Turizm (ziyorat turizmi)”, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi” va “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” ta’lim yo‘nalishlari 1-kurs talabalari ishtirok etdi.

Davra suhbatida “Davlat tuzilishi va boshqaruvining huquqiy asoslari” kafedrasi mudiri, yuridik fanlari doktori, professor Xushvaqt Xayitov talabalarni Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning faoliyati bilan tanishtirdi. 

Shuningdek, tashrif davomida “Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” va “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari” mavzularida ma’ruzalar qilindi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
10
Yoshlar bilan ishlash
Xotira abadiy, qadriyat muqaddas
14:32
May
08
May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05

Izoh qoldirish