459

Samarqand taassurotlari

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talaba-qizlari, ayol o‘qituvchi va xodimlari Samarqand davlat chet tillar institutida mehmon bo‘lishgan edi.

Bugun Akademiyada mazkur uchrashuvning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova, Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi xodimi Laylo Saidova, o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar safar taassurotlari, amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritishdi. Akademiya va Samarqand davlat chet tillar instituti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanishi ta’kidlandi.

Sayohat davomida ikki ta’lim muassasa o‘rtasida do‘stona hamkorlik qilish masalalarini yangi bosqichga olib chiqish, bu borada tizimli ishlarni amalga oshirish kerakligi to‘g‘risida fikr bildirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish