327

Konstitutsiya – baxtimiz kafolati

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Baxtimiz – kafolati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Islom istisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakultetining “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuvda kafedra dotsenti Mavluda Xodjayeva, “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Feruz Rashidov ma’ruza qildi.

Akademiya talabalar turar joyida tashkil etilgan davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati ekanini ta’kidlandi. Bundan tashqari, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilib kelayotgan mazkur hujjatni haqiqiy xalqchil hujjatga aylantirish ishlari izchil amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Tadbirda mavzuga doir KAHOOT musobaqasi oʻtkazildi. Yakunda gʻoliblar kitoblar bilan taqdirlandi. O‘zaro savol-javob, samimiy tarzda o‘tgan tadbirda ishtirokchilar o‘zlari uchun foydali bilimlarga ega bo‘lishdi.

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish