O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Samarqand davlat chet tillar instituti hamkorligida qizlar forumi tashkil etiladi
So‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, o‘qitish sifatini yangi pog‘onaga ko‘tarish, malakali kadrlar tayyorlashning zamonaviy mexanizmini yaratish, yoshlarga sifatli va zamonaviy o‘quv dasturlari asosida saboq berishga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich, tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, bu borada oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari yaxshi samara beradi.
Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talaba-qizlari hamda ayol o‘qituvchi va xodimlari Samarqand davlat chet tillar institutida mehmon bo‘lishdi. Uchrashuv davomida ikki ta’lim muassasa o‘rtasida do‘stona hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Institut faollar zalida ikki ta’lim muassasada tahsil oluvchi talaba-qizlar o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari so‘zga chiqib, xorijiy tillarni o‘rganishda Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, bu kabi davra suhbatlarini muntazam ravishda tashkil etish taklifini bildirdi.
O‘z navbatida kelgusi uchrashuvni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida tashkil etish hamda Samarqand davlat chet tillar instituti talaba-qizlari ishtirok etishi ta’kidlab o‘tildi.
O‘zaro muloqot davomida talabalar kelgusida talaba-qizlar o‘rtasida Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida respublika miqyosida “Hozirgi zamon ayoli” deb nomlangan forum o‘tkazishga kelishib olishdi.
Mazmunli va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan tashrif talaba-qizlarda katta taassurot qoldirdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish