Akademiyada intellektual tanlov bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida jamiyatimizga o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lgan raqobatbardosh kadrlarni yetishtirish, ertamiz egalarining intellektual salohiyatini oshirish, ularning o‘z qobiliyatlarini namoyon etishlariga imkoniyat yaratish, bilim va ko‘nikmalarni yanada yuksaltirish maqsadida turli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan.
Shu maqsadda Akademiyada “Islom tarixi bilimdoni” intellektual musobaqasi bo‘lib o‘tdi. “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi tomonidan tashkil etildi tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.
Tanlovda 20 ta guruh 2 ta shart asosida o‘zaro bellashdi. 1-shartda guruhlarga islom tarixiga doir savollar berilgan bo‘lsa, 2-shartda jamoa sardorlari islom tarixiga oid 3 tadan maxsus savollarga javob topishdi. Guruhlar 100 ballik mezon asosida baholandi.
Yakunda 3-o‘rinni Dinshunoslik yo‘nalishi 2-bosqich talabalarining “Dinshunoslar” jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘ringa Islomshunoslik yo‘nalishi 4-bosqich talabalarining “Islomshunoslik qizlari” sazovor bo‘ldi. 1-o‘rin esa Dinshunoslik yo‘nalishi 3-bosqich talabalarining “Tolibat ulumiddin” jamoasiga nasib etdi.
Tanlov nihoyasida g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish