Talabalar o‘rtasida “Bilimdon dinshunos” intellektual tanlovi o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Bilimdon dinshunos” intellektual tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Mirilyos Mirziyotov, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.
“Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda jami 13 ta guruh o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Tanlov blits savol-javob, dunyo dinlariga oid tarixiy voqealar sharhi, ijodiy ish taqdimoti hamda Quizizz platformasida test shartlaridan iborat bo‘ldi.
Tanlov yakunida 3-o‘rinni “Furqon” jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘ringa “Beruniy izdoshlari” jamoasi sazovor bo‘ldi. G‘oliblik esa “Dinshunoslik” yo‘nalishi 3-bosqich talabalarining “Lords” jamoasiga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlar taqdirlandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish