298

Akademiya vakillari xalqaro forumda ishtirok etishdi

Marokash Podshohligining Fes shahrida “BMTning sivilizatsiyalar alyansi”ning “Tinchlik ittifoqi sari: yagona insoniyat sifatida birga yashash” mavzusida 9-global forumi bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur xalqaro anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov hamda “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti Durbek Rahimjonov ishtirok etishdi.

Forum davomida 40 dan ortiq xalqaro tashkilotlar rahbarlari, mamlakatning sobiq prezidentlari va hukumat rahbarlari, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Pokiston, Portugaliya, Xorvatiya, BAA, Qatar va boshqa davlatlar vakillari so‘zga chiqdi. Ularning ma’ruzalarida dunyodagi inqirozli vaziyat, o‘zaro hurmat, dinlararo, madaniyatlararo va sivilizatsiyalararo muloqotga asoslangan tinchlik, birlik va hamjihatlikni ta’minlash yo‘llari va yondashuvlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

“Tinchlik ittifoqi yo‘lida: dinlararo, madaniyatlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni rivojlantirish orqali tinch, jipslashgan va adolatli jamiyat qurish yo‘llari”, “Madaniy va diniy mojarolarda vositachilik qilish: ayollar – unutilgan tinchlikparvarlar”, “Global fuqarolik ta’limi. Transformativ ta’lim orqali global fuqarolikni shakllantirish” mavzularida jami 8 ta shoʻba yig‘ilishlari tashkil etildi. 

Izoh qoldirish