415

Shaxmat-shashka musobaqalari qizgʻin pallada

Islomshunoslik fakulteti talabalari oʻrtasida tashkil etilgan shaxmat-shashka musobaqalariga start berildi. Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport bellashuvlari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Oltin davrim” shiori ostida talabalar oyligi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi bo‘yicha o‘tkazilmoqda.

Islomshunoslik fakulteti tomonidan bo‘lib o‘tgan bellashuvlar ham ko‘tarinki ruhda tashkil etilib, ilk bosqichda yuzga yaqin talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Yoshlarni sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, sog‘lom turmush-tarziga rioya qilish, besh tashabbus doirasida muntazam tashkil etilayotgan ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
07
Yoshlar bilan ishlash
“Akademiya ligasi” start oldi
15:38
Apr
04

Izoh qoldirish