Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) koordinatorlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) koordinatorlari Nakayama Mayu, Odil Xasanov hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ta’lim jarayoniga jalb qilinayotgan yaponiyalik volontyor, mutaxassis-o‘qituvchi Mori Yasuyuki Akademiyada mehmon bo‘ldi.
Uchrashuvda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Z.Ro‘ziyev, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani H.Sadibaqosev, “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi mudiri Q.Rahmonov hamda Talabalar (xorijiy) bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i N.Abdullajonov ishtirok etdi.
Uchrashuvda Akademiya o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Z.Ro‘ziyev JICA tashkiloti bilan muntazam olib borilayotgan hamkorlik yangi bosqichga chiqayotgani va Akademiyaga volontyor sifatida jalb qilingan yaponiyalik mutaxassislar talabalar va o‘qituvchilar uchun yangi bilimlarni olishda katta ahamiyat kasb etgani uchun agentlik vakillariga minnatdorchilik bildirdi.
Shundan so‘ng, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi koordinatori Nakayama Mayu O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan amaliy hamkorlik qayta tiklangandan mamnun ekanini bildirib, jalb etilgan volontyor Mori Yasuyuki amaliyotchi mutaxassis, sun’iy intellekt, super kompyuter bo‘yicha yuqori bilimga ega ekanini ma’lum qildi. 2019-yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutidagi Innovatsiya markazida faoliyat yuritganini qo‘shimcha qildi.
M.Yasuyuki o‘zini tanishtirib, Toyota Motor korporatsiyasida bir necha yillik tajribaga ega ekani, u yerda super kompyuter yaratish, ishlab chiqarish, uni sotish va texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limida rahbarlik qilgani, o‘zining boy tajribalarini qiziquvchi talabalarga yetkazishdan mamnun ekanini bildirdi.
Uchrashuv davomida JICA koordinatori O.Xasanov agentlik tomonidan berilgan volontyorni salohiyatidan kelib chiqib, bo‘sh qolib ketmasligi uchun doimiy ish bilan ta’minlash hamda malakali o‘qituvchiga biriktirilishini so‘radi.
Z.Ro‘ziyev Akademiya bu taklifni qo‘llab-quvvatlashini, shu bilan bir qatorda kafedra tomonidan volontyorga kerakli shart-sharoitlar yaratib berilishini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar volontyorning Akademiyaga kelib-ketish vaqti, salohiyatiga ko‘ra unga belgilanadigan dars soatlari hamda kelgusidagi rejalar bo‘yicha kelishib olishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish