318

Akademiya vakillari Qozog‘istonda gender tenglikni ta’minlashga bag‘ishlangan xalqaro seminarda ishtirok etmoqda

BMT Aholishunoslik jamg‘armasi tomonidan Qozog‘istonning Ostona shahrida “Markaziy Osiyo mamlakatlarida gender tenglikni ta’minlashga erkaklarni jalb etish va gender zo‘ravonlik profilaktikasi” mavzusida xalqaro seminar o‘tkazilmoqda.

Seminarda soha mutasaddilari, xorijlik mutaxassislar bilan bir qatorda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev hamda “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi professori Nigora Yusupova ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasining bilan hamkorlikda “Islomda gender tenglikning o‘ziga xos tamoyillari” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan edi. Kitobda islomda gender tenglik mohiyati, ayol huquqlari va erkinliklariga doir islom konsepsiyasi, islom huquqida ayolning huquqiy maqomini tadqiq etishga bag‘ishlangan maqolalar o‘rin olgan bo‘lib, mazkur qo‘llanma bu sohadagi ilk tadqiqot hisoblanadi. 

Akademiya vakillari mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan islohotlar haqida so‘z yuritishdi. Xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish borasida bir qator takliflar va mulohazalar bildirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish