Talabalar uchun ingliz tili fanidan musobaqa tashkil etildi
So‘nggi yillarda chet tillari, xususan, ingliz tilini o‘qitishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarning samarali qo‘llanilishi esa talabalar uchun bir necha xorijiy tillarni oson va puxta o‘zlashtirish imkonini bermoqda. Bu borada interaktiv musobaqalarning muntazam o‘tkazilib turilishi ham o‘ziga xos ahamiyatga ega.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Chet tillari” kafedrasi tashabbusi bilan talaba-yoshlar o‘rtasida Ingliz tili fanidan “Intellektual ring” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa ikki bosqichda tashkillashtirilgan bo‘lib, dastlab talabalar 1-bosqichda 12 ta guruhga bo‘lingan holda, jami 8 ta kategoriya asosida savollarga javob berishdi. Ikkinchi bosqichda esa saralangan sakkizta jamoa musobaqa shartida belgilangan beshta savollar bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko‘ra, “Intellektual ring” musobaqasida yuqori ko‘rsatkichlarni egallagan jamoalar aniqlanib, yakunda g‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish