“ZIYO” YANA GʻOLIBLAR SAFIDA
Yurtimizning boy tarixi, ulug‘ ajdodlarimiz qoldirgan buyuk meros, milliy ma’naviyatimiz, boqiy qadriyatlar, ezgu fazilat va an’analarni yosh avlod qalbiga singdirish, fuqarolarda ijtimoiy mas’uliyat hissini oshirishga hissa qo‘shish maqsadida o‘tkazilgan “Inson qadri uchun” turkumidagi ijtimoiy videoroliklar tanlovining Toshkent shahar bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, tanlovda yuzga yaqin ijtimoiy rolik va mualliflar ishtirok etgan.
Nufuzli hakamlar hay’ati mazmun-mohiyat, mavzuning ochilganlik darajasi, tasvir, ovoz, montaj ishining sifati, muallifning o‘ziga xos ijodiy yondashuvi, originallik, keng auditoriyaga mo‘ljallangani, o‘zbek xalqining ma’naviy-axloqiy qadriyatlariga mosligi kabi qator talablardan kelib chiqqan holda g‘oliblar borasidagi o‘z qarorini e’lon qilgan.
Ikkinchi noyabr kuni Uchtepa tumani Madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida tanlov g‘oliblari va rag‘batlantiruvchi nominatsiyalari sohiblari nomi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi “Ziyo” media-markazi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan “Farzandingiz bilan so‘nggi bor qachon dars qildingiz?” nomli rolik Toshkent shahar bosqichida uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi. Shuningdek, “Oila a’zolaring haqqini unutma” roligi “Original yondashuv” nominatsiyasida, “Farzandingizning ilm olishi uchun qizg‘ongan pulni nega nafsingizdan qizg‘onmayapsiz?” roligi “Eng ko‘p muhokamaga sabab bo‘lgan videorolik” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Yangi O‘zbekistonimizda madaniy meros, milliy qadriyatlar, ma’naviyat va ma’rifat va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni targ‘ib qilishga qaratilgan “Inson qadri uchun” turkumidagi ijtimoiy videroliklar tanlovining Toshkent shahar bosqichida yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan eng sara roliklar respublika bosqichiga yo‘l oldi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish