Akademiya vakillari ICESCO tashkilotining xalqaro dasturida ishtirok etmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (ICESCO) tomonidan ona tili arab tili bo‘lmaganlar uchun arab tilini o‘rgatish bo‘yicha onlayn seminar dasturi tashkil etildi.
ICESCO tashkilotining “Mishkot” masofaviy o‘qitish yillik dasturiga ko‘ra, ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan seminarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent islom instituti o‘qituvchilari ham ishtirok etdi.
Dasturning ochilish darsi “Ona tili arab tili bo‘lmaganlar uchun arab tili o‘qituvchilarining malakalari” mavzusiga bag‘ishlandi. Eslatib o‘tamiz, mazkur loyiha Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (ICESCO) hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilib, O‘zbekistonda arab tilini o‘qitish dasturlarini rivojlantirish va o‘qituvchilarning malakasini oshirishi ko‘zda tutilgan.
Dastur 10 ta kurs mashg‘ulotini o‘z ichiga oladi. Darslardan so‘ng imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan har bir tinglovchiga sertifikat topshiriladi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish