363

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori xalqaro simpoziumda ishtirok etdi

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Jamoliddin Karimov Turkiya Respublikasining Uludag‘ universitetida o‘tkazilayotgan “Sulton Yildirim Boyazid va Amir Temur” mavzusidagi xalqaro simpoziumda ishtirok etdi. 

Anjumanda Jamoliddin Karimov “Temuriylar davri allomasi al-Jazariyning qiroat va uning ko‘rinishlari haqida qarashlari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi. Shuningdek, sho‘ba yig‘ilishida moderator sifatida ishtirok etdi. 

Simpoziumda Sulton Yildirim Boyazid hamda Amir Temurning siyosiy faoliyati, ularning jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga qo‘shgan hissalariga oid ilmiy masalalar keng muhokama qilindi.

Shu bilan birga, tadbir doirasida Imom Moturidiy “Ta’vilot al-Qur’on” asari 29-juzining Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida amalga oshirilgan o‘zbek tilidagi tarjimasi taqdimoti ham o‘tkazildi. Taqdimotda ishtirok etgan xorijlik olim va mutaxassislar ushbu tarjimani jahon moturidiyshunosligida amalga oshirilgan yirik fundamental tadqiqot sifatida e’tirof etib, yuqori baho berishdi.

Izoh qoldirish