Gʻalaba bog‘i va Shon-sharaf muzeyi — talaba-yoshlarga xalqimizning o‘chmas jasorati haqida so‘ylaydi
Vatanparvarlik oyligi doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchilari hamda talabalari poytaxtimizda bunyod etilgan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyiga sayohat qilishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligini munosib nishonlash to‘g‘risida”gi qarori asosida Toshkent shahrining Olmazor tumanida “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda uning hududida “Shon-sharaf” davlat muzeyi bunyod etilgan.
Bu maskan bugun xalqimizning eng sevimli go‘shalaridan biriga aylandi. Ayniqsa, yoshlarimiz Vatan ozodligi yo‘lida mardonavor kurash olib borgan ajdodlarimizning g‘alabani qo‘lga kiritishda ko‘rsatgan jasoratini yana bir bor yaqindan o‘rganadilar.
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyi ekspozitsiyalari xalqimizning urush yillarida ko‘rsatgan mardlik va matonatini, yuksak insoniy fazilatlarini namoyon etish hamda yosh avlodni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalarining sayohati ularda bir olam taassurot qoldirdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish