295

Diniy ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglari uchun malaka oshirish o‘quvlarining ikkinchi davrasi boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar, tuman/shahar bosh imom-xatiblari, otinoyilari, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglari uchun muntazam tarzda malaka oshirish o‘quvlari tashkil etilmoqda.

Malaka oshirish markazida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglari uchun “Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi doirasida din soha xodimlarining oldida turgan vazifalar” yo‘nalishidagi navbatdagi o‘quvlarning ikkinchi davrasi boshlandi.

36 soatlik mashg‘ulotlarda 84 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda. O‘quvlarning birinchi kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, tarix fanlari doktori, dotsent Davronbek Maxsudov “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-ma’rifiy soha xodimlari mas’uliyati”, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, falsafa fanlari doktori Matluba Kaxxarova “Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish”, Akademiya katta o‘qituvchisi, PhD Obayd Muhammed “Arab tili (Muhovara)” hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi, PhD Ahmad Saad Damanhuriy tomonidan “Aqidaparast kontentlarga ilmiy asosda raddiya berish uslublari: xalqaro tajriba” mavzularida dars mashg‘ulotlari olib borildi.

Darsdan so‘ng tinglovchilar poytaxtimizdagi “Hazrati imom” majmuasiga sayohat tashkil etildi. U yerda “Qaffol Shoshiy” maqbarasi, Baroqxon madrasasi, “Mo‘yi muborak” madrasasi, “Tilla shayx” va “Namozgoh” masjidlarini ziyorat qildi hamda O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazining qurilishi bilan yaqindan tanishdi. 

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish