301

Malaka oshirish o‘quvlarining birinchi davrasi yakunlandi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog xodimlari uchun malaka oshirish o‘quvlari tashkil etilgan edi. “Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi doirasida din soha xodimlarining oldida turgan vazifalar” yo‘nalishidagi 36 soatlik mazkur o‘quvlarning birinchi davrasi yakunlandi.

Mashg‘ulotlarning uchinchi kunida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi Zokir Sodiqov “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash”, Akademiya katta o‘qituvchisi Bektosh Berdiyev “Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish” hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi, PhD Ahmad Saad Damanhuriy tomonidan “Moturidiylik ta’limoti asoslari” mavzularida dars ma’ruzalari olib borildi.

Darsdan so‘ng tinglovchilar poytaxtimizdagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi va “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurishdi. Mazkur yodgorlik majmuasi tinglovchilarda katta taassurot qoldirib, undagi milliy me’moriy an’analar asosida barpo etilgan ramziy qabr va uning atrofi, qatag‘on qurbonlari to‘g‘risida ma’lumot olishdi.

O‘quvlar yakunida tinglovchilarga malaka oshirish o‘quvlarida ishtirok etganliklari to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi.

 

 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish