343

Otinoyilar malaka oshirish o‘quvlarining ikkinchi davrasi davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyat, tuman/shahar bosh otinoyilari uchun “Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-ma’rifiy soha xodimlarining oldida turgan dolzarb vazifalar” yo‘nalishidagi malaka oshirish o‘quvlarining ikkinchi davrasi davom etmoqda.

Mazkur o‘quvlarning ikkinchi kunida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, siyosiy fanlar doktori Muhammadolim Muhammadsiddiqov “Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish”,  Akademiya dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi Zokir Sodiqov “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash” hamda Akademiya katta o‘qituvchisi A’zamxon Qambarov tomonidan “Mutaassib guruhlar ta’siriga tushgan shaxslarni reabilitatsiya qilish masalalari (O‘zbekiston tajribasi)” mavzularida dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Tasdiqlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasiga muvofiq, darsdan so‘ng tinglovchilar uchun poytaxtimizdagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi va “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga sayohat tashkil etildi. Majmua tinglovchilarda katta taassurot qoldirib, undagi milliy me’moriy an’analar asosida barpo etilgan ramziy qabr va uning atrofi, qatag‘on qurbonlari to‘g‘risida ma’lumot olishdi.

Shundan so‘ng tinglovchilar Yangi O‘zbekiston bog‘ida bo‘lishdi. U yerda otinoyilar o‘zbek davlatchiligining ko‘p ming yillik tarixi aks etgan – Mustaqillik monumenti va unda tasvirlangan Sohibqiron Amir Temur saltanatining moviy gumbazi, yulduzlar olamiga qarab yuksalgan Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, dunyo ilm-fani va sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan ulug‘ mutafakkir bobolarimizning eng nodir ilmiy kashfiyotlari bilan tanishishdi.

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish