Muallimni ulug‘lagan el – qadr topajak
Ilm-fan bilan shug‘ullanish, yangi kashfiyot va ixtirolar qilish igna bilan quduq qazishdek gap.
Shunday ekan, bu mashaqqatli sohada fidokorona mehnat qilayotgan olimlarimiz mehnati tahsin va rag‘batga munosib.
Shavkat MIRZIYOYEV,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Bugun shiddat bilan o‘zgarayotgan zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga ko‘tarishni talab qilmoqda. Binobarin, jamiyat oldida turgan dolzarb masalalar yechimida ilm-fanning hayot va amaliyot, ishlab chiqarish bilan o‘zaro uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Muhtaram Yurtboshimiz “Uchinchi Renessansga yo‘l maktab ostonasidan boshlanadi”, deydilar. Zero, mana shu qutlug‘ yo‘l keyin akademik litsey, kollejlar orqali oliy dargohlarga olib boradi. Oliy o‘quv dargohlarida o‘qiydigan yoshlarimizning aksariyati orzu-niyatlarini maktab partalaridan boshlashadi. Demak, maktab partasidan to katta hayot yo‘llariga chiqib olguncha farzand muallimlarning mehr-u sabog‘idan bahramand bo‘ladi, ruhan va ma’nan katta hayot yo‘llariga chiqishga harakat qiladi.
Davlatimiz tomonidan, eng avvalo, uzluksiz ta’lim tizimi islohotlari asosida yoshlar ta’lim-tarbiyasi, yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlashga mas’ul muallim va professor-o‘qituvchilar faoliyatiga katta e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi mamlakatimiz diniy-ma’rifiy sohasida hassos mutaxassislarni tayyorlovchi nufuzli oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasasi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, davlatimiz tomonidan mazkur ta’lim muassasasi moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, professor-o‘qituvchi, ishchi-xodim va talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, mehnatini munosib rag‘batlantirishga alohida ahamiyat berilayotir.
Binobarin, buyuk mutafakkirlar ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, ajdodlarimizga munosib barkamol avlodni tarbiyalash, qolaversa, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotgan Milliy uyg‘onish – Uchinchi Renessansga poydevor qo‘yishdek zalvarli mas’uliyatni bajarishda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, yosh ilmiy tadqiqotchilarining hissasi muhimdir.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish