430

Trening yuqori kayfiyatda o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 1-bosqich talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, oliy ta’lim muassasasi bilan yaqindan tanishtirish, ustoz va talabalar o‘rtasida samimiy munosabat o‘rnatish maqsadida trening mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Akademiya psixologi Gulruh Gʻaniyeva, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi. 

Treningda “Yosh psixologlar klubi” tomonidan tomonidan turli psixologik o‘yinlar, zamonaviy metodlar orqali amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. 

Trening talabalar o‘zlarining psixologik xususiyatlarini bilishi, potensial imkoniyatlari, ichki qo‘rquv va hayajonni yengish kabi xususiyatlarini rivojlantirish uchun xizmat qildi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
07
Yoshlar bilan ishlash
“Akademiya ligasi” start oldi
15:38
Apr
04

Izoh qoldirish