318

Talabalar bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida adabiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo, yosh ijodkorlar hamda talabalar ishtirok etdi.

O‘zbek she’riyatida o‘ziga xos uslubga ega, samimiy she’rlari bilan xalq qalbidan joy topa olgan ijodkor Iqbol Mirzo bilan bo‘lib o‘tgan adabiy uchrashuvda so‘z olganlar shoirning xalqimiz ma’naviyati, boy o‘tmishi, mehr-muhabbati aks etgan she’rlari xususida fikr yuritishdi.

Samimiy muloqot davomida Iqbol Mirzo bugungi kunda yurtimizda davlatimiz rahbari tomonidan adabiyot ahliga keng imkoniyatlar berilayotgani, iste’dodli, ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida salmoqli ishlar bajarilayotganini ta’kidladi. 

Uchrashuvda yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqtirish, buning uchun ko‘plab ko‘rik-tanlovlar, ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilayotgani qayd etildi. O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo hamda yosh ijodkorlar tomonidan yangi ijod namunalari o‘qildi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish