256

Yangi o‘quv yilining ilk kuni “Mustaqillik darsi” bilan davom etdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2022/2023-o‘quv yili munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” deb nomlangan “Mustaqillik darsi” o‘tkazildi. Unda Akademiyaning 1-bosqichiga qabul qilingan talabalar hamda Akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Darslar davomida Akademiya professor-o‘qituvchilari istiqlol, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi, uning fuqarolarimiz taqdiridagi ahamiyati, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati haqida ma’ruza qilishdi.

Yoshlarga vatanni sevish haqiqiy baxt ekanligi, mamlakatimiz tinchligini asrab-avaylash, uning taraqqiyotiga hissa qo‘shish har bir farzandning burchiga aylanishi, eng asosiysi, bu niyat va maqsadlarga erishish yo‘lida talabalar kuchli bilimga ega bo‘lishi, odob-axloq, tarbiya bilan kamolga yetishi zarurligi alohida ta’kidlandi.   

Shuningdek, mazkur darslarda yigit-qizlarga davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan Uchinchi renessansning mazmun-mohiyati, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida erishilgan yutuq va marralar dunyo hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilayotgani hayotiy misollar vositasida singdirildi. Bundan tashqari, talabalarga kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, o‘quv jarayoniga tatbiq etilish tartibi, Akademiyaning ichki tartib-qoidalari va shu kabi zaruriy axborotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish