Akademiya o‘qituvchisining maqolasi Misrning nufuzli jurnalida nashr etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Arab tili va adabiyoti Al-Azhar” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari doktori (DSc) Zuhra Aripovaning “Mamluklar davrida tasavvuf” nomli maqolasi Misrdagi “Tasavvuf” jurnalining 2022-yil iyul oyi 528-sonida arab tilida nashr etildi.
O‘zbekiston va Misr aloqalarini tarixiy-madaniy mushtaraklik, an’anaviy do‘stlik va yaqin hamkorlik birlashtirib turadi. Ma’lumki, Mamluklar hukmronligi davrida (1250-1517) Qohira shahrida “al-hadiqa al-Uzbakiya” deb nomlangan birinchi bog‘ qurilgan. Vaqt o‘tishi bilan o‘zbeklar mahalliy aholi bilan shu qadar aralashib ketdiki, natijada, ular alohida etnik guruh xususiyatlarini yo‘qotgan bo‘lsa-da, “o‘zbeklar” nomi shu kungacha saqlanib qolgan. “Hadiqa al-Uzbakiya” bog‘i hozirgi kunga qadar Qohira shahri markazidagi eng katta tarixiy, diqqatga sazovor joylardan biri sanaladi.
Maqolada mamluklar davridagi tasavvuf borasida tahliliy ma’lumotlar berilgan. 1258-yilda mo‘g‘ullar islom va Abbosiy xalifalar hukmronligi markazi Bag‘dodni qo‘lga kiritganlaridan so‘ng, 1261-yilda mamluklar sultoni Zohir Baybars xalifalik markazini Qohiraga ko‘chiradi. O‘z navbatida ilm ahllari, muhaddis va sufiylar Misrga kela boshladi va ilm izlovchilar Qohiradan qo‘nim topishdi. Shu tariqa tasavvuf ham keng yoyila boshlagan. Maqolada Misrda mashhur bo‘lgan Ahmad al-Badaviy asos solgan “Badaviya” (Ahmadiya), Ash-Shoziliyning “Shoziliya”, va Burhoniddin Dasuqiyning “dasuqiya” tariqatlari haqida tahliliy ma’lumotlar berilgan. Mamluk sultonlari, amaldorlar so‘fiylar uchun vaqf yerlaridan ajratib, Misrda xonaqoh, rabot va zoviyalar qurdirgan. Manbalarda keltirilishicha, xonaqohlarda musofirlar va darveshlar yashagan, ularga bepul oziq-ovqat, kiyim-kechak berilgan.
Ta’kidlash joizki, Misrda Mamluklar davrida so‘fiylikning tarqalishi ijtimoiy hayotga katta ta’sir ko‘rsatdi. Tasavvuf musulmonlar ma’naviy hayotining falsafa, she’riyat, axloq va siyosat kabi barcha jabhalariga katta ta’sir etib, u xalq ommasi ustidan katta kuchga ega bo‘lib, o‘z sa’y-harakatlarini salibchilar va mo‘g‘ullarga qarshi mohirlik bilan yo‘naltira oldi.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish