55

Huquqiy islohotlar – davr talabi

Shayxontohur tumanidagi 192-umumta’lim maktabida “Huquqiy islohotlar – davr talabi” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi kafedra mudiri, tarix fanlari doktori Ne’matullo Muhamedov o‘zining ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. 

Ushbu tadbir “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan partiyaning “Siyosiy-huquqiy bilimlarni mustahkamlash – demokratik jamiyat poydevori” loyihasi doirasida o‘tkazildi.

Unda partiya a’zolari, Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari, umumta’lim maktabi o‘qituvchilari, faol va tashabbuskor yoshlar qatnashdi. 

Darhaqiqat, bugungi kunda xalqimiz hayotida huquqiy islohotlarni amalga oshirish dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Xalqimizning xohish va istaklaridan kelib chiqqan holda “Inson qadri uchun” tamoyilini bosh dasturulamal qilib fuqarolarimiz uchun eng maqbul islohotlarni amalga oshirish mamlakatimizda demokratik jarayonlarning yanada jadallashuviga xizmat qiladi. Bunda har bir fuqaro o‘z huquq va majburiyatlarini chuqur anglagan holda jonbozlik ko‘rsatayotgani bo‘lg‘usi tinch, obod kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi mustahkam ekanini ko‘rsatmoqda.

Tadbirda so‘z olganlar huquqiy islotlar mohiyati to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

Izohlar