319

Akademiya o‘qituvchisi seminar-treningda ishtirok etdi

Yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar inson manfaatlari ustunligini ta’minlash barobarida jamiyatda xotin-qizlar mavqeini oshirish, ularning huquq hamda imkoniyatlarini ustuvor qadriyatlardan biri sifatida himoya qilishga qaratilgan. Bunda, ayniqsa, jamiyat hayotining turli sohalarida gender tenglikni ta’minlash mamlakat taraqqiyotining muhim jarayoni hisoblanadi. So‘nggi yillarda yurtimizda bu jihatga alohida e’tibor berilmoqda. 

Shu munosabat bilan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Xotin-qizlar, oila va gender komissiyasi hamda Konrad Adenauer nomidagi Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi tomonidan “Gender tenglik ta’minlangan adolatli jamiyat quramiz!” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva, Konrad Adenauer nomidagi Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari Ronni Xayne, yurtimizdagi turli davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari, oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Ahamiyatlisi, seminar-treningda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar doktori Nigora Yusupova “Islomda gender tenglik” mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi.

Xabaringiz bor, Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasining bilan hamkorlikda “Islomda gender tenglikning o‘ziga xos tamoyillari” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan edi. Kitobda islomda gender tenglik mohiyati, ayol huquqlari va erkinliklariga doir islom konsepsiyasi, islom huquqida ayolning huquqiy maqomini tadqiq etishga bag‘ishlangan maqolalar o‘rin olgan bo‘lib, mazkur qo‘llanma bu sohadagi ilk tadqiqot hisoblanadi.

O‘zaro muloqot davomida bugungi kunda faol iste’molda bo‘lgan gender so‘zining tushunilishi va qo‘llanish holatlaridagi noto‘g‘ri talqin va tasavvurlar borasida fikr almashildi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan gender tushunchasi va uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, mamlakatimiz qonunchiligida ayol va erkaklarning teng huquqliligi tamoyillari mustahkamlab qo‘yilganini ta’kidlashdi. 

Anjuman yakunida “Gender tenglik ta’minlangan adolatli jamiyat quramiz!” mavzusidagi seminar-treningda faol ishtirok etgani uchun Akademiya o‘qituvchisiga sertifikat topshirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish