374

O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi magistranti "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Prezident  Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 28-iyundagi [PQ-297-son] qarori bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 1-bosqich magistranti Muxammadjonov Xojiakbar Zafarjon o‘g‘li "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

"Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha komissiya tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi iqtidorli yigitlarga fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlarida erishgan yutuqlari uchun topshiriladi.

Ma'lumot o‘rnida, "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga sovrindorlik diplomi hamda ko‘krak nishoni bilan birgalikda bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish