440

Xiva – 2024-yil Islom dunyosining turizm poytaxti

Islom hamkorlik tashkilotining XI sessiyasi doirasida ilk bor Oʻzbekiston shaharlaridan biri – Xiva 2024-yil “Islom dunyosining turizm poytaxti” deya eʼlon qilishga doir qaror qabul qilindi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Islom dunyosining turizm poytaxti nominatsiyasiga 5 davlatdan shaharlar nomzodi qoʻyilgan boʻlib, bular:

Abu-Dabi (BAA);

Shanliurfa (Turkiya);

Laos (Nigeriya);

Dushanbe (Tojikiston);

Xiva (Oʻzbekiston).

Xiva shahrining tarixiy qiyofasi tiklanishi, restavratsiya va konservatsiyaga oid amalga oshirilgan ishlar, qolaversa, elektr ustunlarning demontaj qilingani, sayyohlarning katta oqimini qabul qilish uchun yaratilgan sharoitlar, infratuzilmaning yaxshilangani, 5 yulduzli mehmonxona qurilishi hamda butik-otel va hostellar qurilishi faol davom etayotgani alohida qayd etildi. Bundan tashqari, turizm va unga yondosh sohalar tadbirkorlari uchun yaratilgan qulay sharoitlar yuqori baholandi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish