Akademiya vakillari O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi a’zoligiga qabul qilindi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov, OAV xodimlari hamda Akademiya o‘qituvchi va xodimlari ishtirok etdi.
Mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazish, axborot shaffofligi hamda so‘z erkinligini ta’minlashdagi faolligi uchun Akademiya rektori Muzaffar Komilov, Matbuot kotibi Bahodir Jovliyev hamda “Ziyo” media markazi direktori Abduhamid Muxtorov O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi a’zoligiga qabul qilindi.
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov yangi a’zolarning kelgusi ijodiy faoliyatiga ham muvaffaqiyat tilagan holda, tantanali ravishda O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi a’zolik guvohnomasini topshirdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish