O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi o‘rtasida Memorandum imzolandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov hamda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda yurtimizda so‘z erkinligiga bo‘lgan e’tibor yangi darajaga ko‘tarilganini qayd etishdi. OAV demokratik qadriyatlarni qaror toptirish, dunyoda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, voqea-hodisalar haqida tezkor va haqqoniy ma’lumotlar yetkazish, yangi O‘zbekistonning demokratik qiyofasini shakllantirishda muhim rol o‘ynayotganini ta’kidlashdi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi o‘rtasida Memorandum imzolandi. Mazkur hamkorlik har ikki muassasa uchun manfaatli va foydali bo‘lishini qayd etishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish