435

Misr Arab Respublikasining “Al-Xabar al-youm” gazetasida Akademiya xodimlarining maqolasi chop etildi

Misr Arab Respublikasining “Al-Xabar al-youm” (Kun xabari) gazetasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev va Akademiya o‘qituvchisi Javohirxon Sobirov hammuallifligida tayyorlangan “O‘zbekiston – islom tamadduni taraqqiyotida: kecha va bugun” mavzusidagi maqola e’lon qilindi.

Maqolada O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jahon hamjamiyatiga bildirilayotgan tashabbus va takliflar, diniy-ma’rifiy soha rivojidagi sa’y-harakatlar haqida so‘z boradi.

Shu nuqtai nazardan yangilanayotgan O‘zbekistonda olib borilayotgan oqilona siyosatga dunyo hamjamiyati qaratayotgan e’tibor, yurtimiz yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga qadam qo‘yayotgani va bu borada mustahkam poydevorga ega ekani, ya’ni, ta’lim tizimi rivojidagi amaliy ishlar maqolada tilga olingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish”ga o‘tgandan keyin uchinchi Renessansga erishishni strategik vazifa qilib qo‘ygani ta’kidlanadi.

Shuningdek, maqolada jahon ilm-fani taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan yurtimizda Birinchi va Ikkinchi Renessans bosqichlari bo‘lib o‘tgani, har ikki Renessans davrida mintaqa dunyoning ilg‘or, taraqqiy etgan xalqlari qatorida ekanligi borasida so‘z yuritiladi.

Maqola davomida Uchinchi Renessansni, avvalambor, yoshlarning mehnati va sa’y-harakati bilan ro‘yobga chiqarish mumkinligi, ular ilm-fan sohasida yetuk kadrlar bo‘lib yetishishi, mamlakatdagi tinchlik va barqarorlik bilan bir qatorda bilim olish imkoniyatlariga bevosita bog‘liq ekani aytilgan.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish