402

“Haj – 2022” mavsumining ilk ziyoratchilari Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi

So‘nggi yillarda diniy-ma’rifiy sohada ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Davlatimiz rahbari tomonidan bu sohaga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Buni biz joriy yildan umra va haj ibodatlarini yana qayta yo‘lga qo‘yilganligi misolida ham ko‘rishimiz mumkin.

Umr safari — Hajni niyat qilgan bir guruh yurtdoshlarimiz, dastlab, poytaxtimizdagi "Navza" masjidida jam bo‘ldilar. So‘ngra guruh rahbarlari boshchiligida maxsus avtobuslarda tashkiliy ravishda Toshkent xalqaro aeroportiga yo‘l oldilar.

Ziyoratchilarimiz uchun aeroportda barcha xizmatlar yuqori saviyada tashkil etildi. Hojilarimiz har qadamda Haj mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish uchun jalb etilgan mas’ullarning e’tibor va ko‘magini his etdilar. Ular uchun kutish zalida bepul nonushta tashkil etildi.

Qalbi quvonchga, tili shukronaga to‘la dastlabki guruh yurtdoshlarimiz muborak Haj ibodatini ado etish uchun Toshkent-Madina yo‘nalishi bo‘yicha Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdilar.

Alloh taolo yurtdoshlarimizning haj amallarini muborak qilsin!

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish