329

Akademiya o‘qituvchisi “Faol mehnatlari uchun” medali bilan taqdirlandi

Bugungi kunda jamiyat hayotining barcha jabhasida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millatlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, teng huquqlilik hamda hamjihatlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi, falsafa fanlari bo‘yicha PhD Mo‘minjon Xo‘jayev O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazi tomonidan “Faol mehnatlari uchun” medali bilan taqdirlandi. 

Qozoq milliy madaniy markazi tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan taqdirlangan Akademiya o‘qituvchisining O‘zbekistondagi qozoqlarning falsafasi, ilmiy merosi, urf-odati, madaniy hayotiga doir olib borgan uzoq yillik samarali ilmiy tadqiqotlari hamda o‘zbek va qozoq xalqlari o‘rtasidagi ilmiy-madaniy aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof etildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi Mo‘minjon Xo‘jayevni mazkur yutug‘i bilan yana bir bor muborakbod etib, uning kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat tilaydi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish